23:29 / 24.08.2017
6558

Shveytsariya Alplarida ko‘chki sababli 14 kishi bedarak yo‘qoldi

Foto:Reuter

Shveytsariya Alplarida ko‘chki yuz berishi sababli 6 va 8 kishidan iborat ikkita guruh yo‘qolib qoldi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘qolganlar orasida Germaniya, Avstriya va Shveytsariya fuqarolari bor. Axborot agentligining ma'lum qilishicha, ayni vaqtda qutqaruv xizmatlari qidiruv operatsiyasini olib bormoqdalar.  

Ma'lum qilinishicha, 24 avgust ertalab Italiya chegarasi yaqinidagi Bondo qishlog‘i qor, tog‘dan tushgan tosh va loy bilan qoplangan. Ko‘chki tufayli 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan, ba'zilarga vertolyotlar yordam ko‘rsatgan.   

Politsiyaning aytishicha, 12 ta xo‘jalik binosi, jumladan ombor va otxonalar sel oqimlari bilan vayron qilingan.

Top