17:30 / 24.08.2017
9116

Turk muxolifati rahbari: Turkiya – Germaniya uchun o‘yinchoq emas

Foto: Anadolu

Turkiyaning yetakchi muxolif tuzilmalaridan biri – Milliy harakat partiyasi yetakchisi Davlat Baxcheli Germaniyaning Anqaraga nisbatan harakatlarini tanqid qildi. 

«Turkiya xalqi – Berlin uchun o‘yinchoq emas. Germaniya o‘z harakatlariga javob berishi kerak. Turkiya turtkilash mumkin bo‘lgan davlat emas. Muxolifat Turkiya hukumatining Germaniyaga nisbatan tutgan pozitsiyasini ma'qullaydi va uni qo‘llab-quvvatlaydi», - degan Baxcheli.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nemis siyosatchilari puxta o‘ylangan va ichki auditoriyaga qarashli mojaroli bayonotlar bermoqda. Ularning qarashi terrorchilarning harakatlari bilan uyg‘unligi sababli, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 

«Berlin o‘ziga foydali bo‘lsa, demokratiya va erkinlik kurashchisiga aylanadi, zarur bo‘lganda terrorchilarni faol qo‘llab-quvvatlaydi», - degan Baxcheli.

Muxolifat yetakchisining qayd etishicha, Fethulloh Gulen terrorchilari (FETÖ) bugungi kunda Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari kabi Germaniyada faoliyat yuritmoqda. 

Mavzuga oid
Top