19:58 / 25.08.2017
11927

Yangi iPhone smartfonining taqdimot sanasi e'lon qilindi

Foto: papergeek.fr

Apple kompaniyasi 12 sentabrdagi tadbirda yangi iPhone qurilmasini namoyish etishi mumkin. Bu haqida kompaniyaning yangi qurilmalari haqida ma'lumot berishga ixtisoslashgan Mac4Ever sayti xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, telefonlar relizdan keyingi hafta - 22 sentabrda sotuvga chiqadi. 

Shuningdek manba ma'lumotlariga ko‘ra, Apple yangilangan iPhone 7S va 7S Plus smartfonlarini ham ishlab chiqaradi. Yangi iPhone 8 esa iPhone X yoki Anniversary Edition ("Yubiley qurilma") nomini olishi mumkin. 

Apple mazkur ma'lumotni rasman tasdiqlamadi. Relizning aniq sanasi noma'lumligicha qolmoqda. 

Top