09:23 / 25.08.2017
4450

«Krasnodar» Yevropa ligasidan chiqib ketdi

Foto: krasnodar.ru

Rossiyaning «Krasnodar» futbol klubi Yevropa ligasi saralashining pley-off bosqichi javob uchrashuvida «Tsrvena Zvezda»ga imkoniyatni boy berdi. Belgraddagi «Rayko Mitich — Tsrvena Zvezda» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bahsning 7-daqiqasida Nemanya Milichning kuchli zarbasidan so‘ng Nemanya Radonich gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida Guelor Kanga ajoyib zarba bilan to‘pni uzoq burchakka aniq joyladi. Uchrashuvning 82-daqiqasida esa Andreas Grankvist belgilangan penaltini aniq amalga oshirishning uddasidan chiqdi.

«Krasnodar» birinchi bellashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozongandi. «Tsrvena Zvezda» mehmonda ko‘proq gol urgani sabab Yevropa ligasining guruh bosqichiga chiqdi, rus klubi esa musobaqani tark etdi.

Yevropa Ligasi, pley-off raundi
Javob uchrashuvlari

Tsrvena Zvezda Serbiya – Krasnodar Rossiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 7 Radonich, 2:0 – 46 Kanga, 2:1 – 82, Grankvist penalti.
Tsrvena Zvezda – Boryan, Frimpong, Rodich (Gobelich, 51), Stoykovich, Savich, Kanga, Donald, Srnich, Radonich (Peshich, 77), Boachi, Milich (Rachich, 70).
Krasnodar – Sinitsyn, Grankvist, Martinovich, Ramires, Petrov, Mamayev(Pereyra, 59), Kabore (Jigulev, 46), Klasson, Gazinskiy, Vanderson, Smolov(Ivan, 65).
Ogohlantirishlar: Radonich (8), Kabore (11), Donald (40), Kanga (47), Ramires (52), Boryan (83), Grankvist (90), Boachi (90), Savich (90), Stoykovich (90).

Mavzuga oid
Top