07:41 / 25.08.2017
4869
Janubiy Sudanda Il-76 samolyoti qo‘nish vaqtida ikki uyga shikast yetkazdi 
Foto: TASS

BMT tomondan yollangan Il-76 yuk samolyoti Janubiy Sudan poytaxti Jubaga qo‘nish vaqtida bir uy tomiga tegib ketgan. Samolyot Juba aeroportiga kuchli yomg‘ir va ko‘rinish yomon bo‘lgan sharoitda qo‘ngan. U avval daraxtga, so‘ngra bir qavatli uyning tunuka tomiga tegib ketgan.

Shundan keyin samolyot ekipaji keskin yuqorilayotganda, dvigatelidan chiqayotgan reaktiv oqim yana bitta uyga shikast yetkazgan. Voqea oqibatida 5 yoshli qizcha halok bo‘lgan. Yana 4 kishi: 2 ayol va 2 bola jarohat olgan.

Samolyotning uy bilan to‘qnashishi oqibatida uning shassisiga shikast yetgan. Shu sababli u qo‘shni Ugandadagi Entebbe xalqaro aeroportida qo‘nishiga to‘g‘ri kelgan. Ekipaj a'zolarining millatlari ma'lum qilinmagan.

Mavzuga oid
Top