10:53 / 26.08.2017
9977

Abe KXDR raketalar uchirganidan so‘ng vazirlarni barcha narsaga tayyor turishga chaqirdi

Foto: RIA "Novosti"

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe vazirlarga Shimoliy Koreya tomonidan yangi raketa parvozlari amalga oshirilgani fonida istalgan vaziyatga tayyor turish haqida ma'lum qilgan. Bu haqda Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga xabar berdi.

«Bosh vazir aholi hayoti va mol-mulkini himoya qilish, shuningdek, ko‘zda tutilmagan vaziyatlarga tayyor turish haqida topshiriq berdi. Biz bu topshiriqni bajarish uchun barcha sa'y-harakatni amalga oshiramiz», - deya Suganing so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Shimoliy Koreya Yaponiya tomoniga bir nechta raketa uchirgani ma'lum bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top