17:46 / 26.08.2017
8187

«Qo‘yliq» bozorida bezorilik qilgan shaxs ushlandi

2017 yilning 20 avgust kuni taxminan soat 09:30da A.Sh. Bektemir tumanida joylashgan «Qo‘yliq» bozorida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish koidalarini kasddan mensimasdan, bezorilik oqibatida fuqaro U.R.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 277-moddasi 1-qismi (bezorilik, ya'ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

Top