20:51 / 26.08.2017
69014

KUN.UZ va Xayrulla Hamidovdan yangi loyiha: Oyoqo‘yin!

Foto: KUN.UZ

Taniqli sport jurnalisti Xayrulla Hamidov televideniyega qaytganidan so‘ng, bir qator loyihalar ustida ish olib bormoqda. KUN.UZ tomonidan Youtube videohostingida taqdim etilgan navbatdagi loyihani u so‘z ustasi, qiziqchi Zokir Ochildiyev bilan hamkorlikda tayyorlagan. 

Abror Baxtiyorovich rejissyorligi ostida ishlangan dasturning nomi «Oyoqo‘yin» deb ataladi. Sport terminalogiyasiga yangi so‘zni olib kirgan insonlar mazkur loyihada futbolga butkul boshqa tomondan yondoshishgan — achchiq haqiqatlar kulgiga o‘rab taqdim etilgan. 

Dasturga moziy afsonasi Birodar Abduraimovning mehmon tariqasida taklif etilgani esa, ko‘rsatuvni yanada boyitgan.

Foto: KUN.UZ

«Oyoqo‘yin» ko‘rsatuvining ilk sonini KUN.UZ Youtube videohostingidagi akkaunti  orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Youtube'da ko‘rish

Mover'da ko‘rish (Tas-IX)

Top