15:53 / 26.08.2017
17765

OAV: Makgregorning kafolatlangan gonorari Meyvezernikidan uch barobarga kam 

Foto: cbssports.com

AQShning Nevada shtati atletik komissiyasi amerikalik bokschi Floyd Meyvezer va irlandiyalik aralash yakkakurashlar bo‘yicha jangchi Konor Makgregorning Las-Vegasdagi bellashuvi uchun rasmiy gonorarlarini tasdiqladi.

Yahoo jurnalisti Markus Vanderbergning xabar berishicha, Meyvezer kafolatlangan 100 mln dollarni olsa, Makgregorning gonorari 30 mln dollarni tashkil etadi.

Sportchilar ushbu gonorarlarni jang natijasidan qat'i nazar oladi, biroq bu summalarga g‘alab uchun bonuslar hamda chiptalarni sotish va translyatsiya huquqidan tushadigan foizlar qo‘shilmagan.

Avvalroq Meyvezer o‘zini haqorat qilmoqchi bo‘lgan Makgregor ustidan kulgandi.

Mavzuga oid
Top