17:57 / 26.08.2017
9879

Shahnoza Mirzayeva jahon chempionatidan kumush medal bilan qaytmoqda

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 23-27 avgust kunlari Chexiyaning Rasitse shahrida para-kanoe sport turi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur chempionatda ayollar o‘rtasida kechgan bahslarda ishtirok etgan paralimpiyachimiz Shahnoza Mirzayeva O‘zbekiston sharafini himoya qildi, deya xabar beradi KUN.UZ’ga milliy paralampiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Shahnoza Mirzayeva 200 metr masofani 51.778 soniya natijasi bilan bosib o‘tib, faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medali sohibasiga aylandi. Shiddatli kechgan bahslarda 1-o‘rin avstraliyalik sportchi Amanda Reynoldsga (50.344) nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘rinni ruminiyalik sportchi Mixayella Lulea (52.033) egalladi.

Endi o‘zbekistonlik para-kanoechilar joriy yilning sentabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Osiyo Kubogiga qizg‘in hozirlik ko‘radi.

Top