11:36 / 26.08.2017
13382

Toshkent viloyati prokuraturasi: jinoyat natijasida yetkazilgan 1,9 mlrd so‘m zarar qoplandi

Foto: KUN.UZ

Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan «Incanto Business» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deya xabar berildi viloyat prokuraturasi saytida.

Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, jamiyat rahbari A.A. 2016 yilda eksport qilingan 40 mlrd. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va aholiga naqd pulga realizatsiya qilingan 2,8 mlrd. so‘mlik xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha tushumni yashirib, 2 mlrd. so‘m miqdordagi soliq to‘lovlarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar keltirgan.

Tergov davomida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida A.A. tomonidan ixtiyoriy ravishda naqd pul shaklida 1,5 mlrd. so‘m pul mablag‘lari va qiymati 400 mln. so‘mlik avtotransport vositalari davlat foydasiga topshirilib, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning asosiy qismi qoplanganligi sababli, unga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Top