19:30 / 27.08.2017
10013

APL. Morata «Chelsi»ga g‘alaba keltirdi

Angliya chempionatining 3-tur uchrashuvlari doirasida «Chelsi» «Everton» bilan o‘ynadi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning birinchi bo‘limida Sesk Fabregas Alvaro Morata bilan devor uslubida o‘ynab, yakuniy zarbani amalga oshirdi. O‘yinning 40-daqiqasida Sesar Aspilikueta jarima nuqtasidan to‘pni «Everton» darvozasi tomon yo‘lladi, unga birinchi bo‘lib Morata yetib keldi va darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi va Konte shogirdlari navbatdagi g‘alabaga erishdi. Endi «Chelsi» 6 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi, «Everton» 4 ochkosi bilan 10-o‘rinda qoldi. 

Tur doirasidagi yana bir uchrashuvda «Vest Bromvich Albion» «Stok Siti»ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durang qayd etdi.

Angliya chempionati
3-tur
Chelsi – Everton 2:0
(2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 27 Fabregas, 2:0 – 40 Morata.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Ryudiger, Mozes (Kristensen, 89), Pedro (Bakayoko, 75), Fabregas, Villian, Kante, Alonso, Morata (Batshuayi, 78).
Everton – Pikford, Uilyams, Jagelka (Lennon, 83), Beyns, Kin, Guyye, Devis (Beshich, 46), Sigurdsson, Holgeyt, Runi, Sandro Ramires (Kelvert-Lyuin, 62).
Ogohlantirishlar: Guyye (9), Runi (71), Mozes (76), Aspilikueta (88).

Vest Bromvich – Stok Siti 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 61 Rodriges, 1:1 – 77 Krauch.
Vest Bromvich – Foster, Xegazi, Douson, Nom, Fillips (Makkleyn, 74), Brant, Berri, Livermor, Morrison (Yakob, 70), Rodriges (Berk, 88), Rondon.
Stok Siti – Batlend, Shoukross, Kemeron (Sobxi, 69), Piters, Zuma, Allen, Fletcher, Shakiri, Martins Indi, Xese (Krauch, 62), Shupo-Moting.
Ogohlantirishlar: Piters (33), Rodriges (52), Rondon (84), Allen (88).

Top