22:43 / 27.08.2017
27021

Boks, JCh–2017: Hasanboy Do‘smatov ham ilk jangini g‘alaba bilan yakunlab, chorak finalga yo‘l oldi 

Foto: AIBA

Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo‘yicha Jahon chempionatining uchinchi kuni o‘tib bormoqda. 

Bugun ilgariroq o‘tkazilgan janglarda 56 kg vaznda Murodjon Ahmadaliyev qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevga yengilgan edi. 64 kg vaznda Iqboljon Xoldorov kolumbiyalik Jon Guterresni, 91 kg.gacha bo‘lgan vaznda Sanjar Tursunov Yara Peraltani yengib chorak finalga yo‘llanma olganidan xabaringiz bor.

49 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasining ikkinchi saralash bosqichida eng taniqli bokschimiz Hasanboy Do‘smatov kosta rikalik Robinson Rodrigesga qarshi jang o‘tkazdi. Hasanboy hakamlarning 30:26, 30:26, 30:26, 30:25, 30:27 ochkolariga ega bo‘lib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi.

Bizni bugun yana bitta boks jangi kutib turibdi. Isroil Madrimov 75 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda turkmanistonlik Aziz Ochilovga qarshi jangga chiqadi. UzReport telekanali orqali jonli efirda olib beriladigan jangni o‘tkazib yubormang.

75 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 23:10
Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Aziz Ochilov (Turkmaniston)

Mavzu
Boks. JCh-2017

25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida Boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasiga start berildi. 25 avgustdan 2 sentabrgacha Hamburg shahri AIBA World Boxing Championship-2017 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi kamsonli mamlakatlar singari to‘liq tarkibda ishtirok etadi. 

Barchasi
Mavzuga oid
Top