15:30 / 27.08.2017
9151

Iroq harbiylari yana bir shaharni IShIDdan ozod qildi

Iroq harbiylari mamlakat shimoli-sharqidagi Tall-Afar shahrini IShID janglaridan to‘la ozod qildi. Bu haqda "Press-TV" telekanalida xabar berildi.

Ayni vaqtda iroqlik harbiylar ushbu shahar markazida nazorat o‘rnatishgan.

Tall-Afar IShID qo‘liga o‘tishidan avval unda 200 ming kishi istiqomat qilardi. Bu shahar 2003 yili AQSh harbiylari Iroqqa kirganidan keyin shialar va sunniylar o‘rtasida bahs maydoniga aylangan. Ushbu shahar avvalroq IShIDdan ozod etilgan Mo‘sul shahridan 80 km g‘arbda joylashgan bo‘lib, strategik jihatdan muhim punkt hisoblanadi.

Top