09:50 / 27.08.2017
17032

Messi yana bir natija qayd etdi

Foto: El Pais

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining ikkinchi turi doirasida «Alaves»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdagi gollarga mualliflik qildi. Shu tariqa argentinalik bu futbolchi ushbu klub uchun Primeradagi uchrashuvlarda 350 va 351-gollar bo‘ldi. Squawka ma'lumotiga ko‘ra, endi u Yevropadagi chempionatlarda bir klub safida 350tadan ortiq gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Bungacha bunday natija faqat «Bavariya» futbolchisi Gerd Myullerga tegishli bo‘lgandi. Uning hisobida Germaniya chempionatlarida urilgan 365 gol bor.

Ayni vaqtda 30 yoshda bo‘lgan Messi «Barselona» uchun barcha turnirlar doirasida 510ta gol urgan.

 

Top