00:54 / 27.08.2017
7090

Seulda sobiq prezidentni qo‘llab-quvvatlovchi marsh o‘tkazildi

Foto: report.az

Seulda Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti, korrupsiyada ayblanib o‘z lavozimidan chetlatilgan Pak Kin Xeni qo‘llab-quvvatlovchi marsh o‘tkazildi. Ushbu marshda uning minglab tarafdorlari ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar o‘zlari bilan Pak Kin Xeni ozod qilish talab qilingan plakatlar va mamlakat bayroqlarini olib o‘tganlar. Ular shuningdek may oyida prezident etib saylangan Mun Chjye Inni iste'foga jo‘natishni talab qilishgan.
 
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, aksiyada 8 mingga yaqin odam ishtirok etgan.  

Pak Kin Xe korrupsiyada ayblanib, joriy yilning mart oyida hibsga olingandi. Tergov ishlari hanuzgacha davom etmoqda. Ushbu ish bo‘yicha hukm oktabrda chiqariladi.

Top