17:50 / 27.08.2017
19861

Top-5: Endigina mashina haydashni o‘rganganlar uchun eng arzon avtomobillar reytingi 

Avtomobil tahlilchilari endigina haydovchilik guvohnomasini olgan kishilarga to‘g‘ri keluvchi Rossiya avtobozoridagi eng yaxshi avtomobillar reytingini tuzishdi. Saralash jarayonida  mashinaning xavfsizligi va uning narxi inobatga olindi. Daily Motor shu haqida xabar berdi. 

Shu tariqa mutaxassislar bahosi 900 ming rubldan oshmaydigan avtomobil modellarini tanlab olishdi. 

Birinchi o‘rin 600 ming rubldan sal qimmatroq bo‘lgan Lifan Solano Sedan'ga nasib etdi. Avtomobil parktronik va orqa tomonni ko‘rsatib turuvchi kamera bilan jihozlangan. Biroq, ekspertlarning fikricha, bu mashinaning bir jiddiy kamchiligi bor - mexanik transmissiya. 

Foto: Daily-Motor.ru

Ikkinchi o‘rinni Changan Eado egalladi. Avtomobil narxi — 638 000 rubl.

Foto: MacMotors.ru

Reytingning uchinchi o‘rnida 669 000 rublli Dongfeng H30 qayd etildi. 

Foto: Leonavto.ru

To‘rtinchi o‘rinda LADA Vesta (685 000 rubl), beshinchi o‘rinda esa — LADA Xray (739 000 rubl) avtomobillari keltirilgan. 

Foto: Ladavesta.net
Mavzuga oid
Top