00:46 / 27.08.2017
7407

«Yuventus» ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarib g‘alabaga erishdi, Dibala 3ta gol urdi

Foto: Twitter/Juventusfc

«Yuventus» A Seriyaning 2-tur o‘yinlari doirasida irodali g‘alabaga erishdi. Genuyada «Jyenoa»ga qarshi kechgan uchrashuvda turinliklar 0:2 hisobini 4:2 ko‘rinishiga keltira olishdi.

«Yuventus» 7-daqiqaga keliboq ikki to‘p farqi bilan ortda qola boshlayotgandi, avvaliga Miralem Pyanich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi, 7-daqiqada Andrey Galabinov penaltidan ikkinchi golni urdi. Birinchi bo‘lim oxirida turinliklar o‘ziga kelishdi — Paulo Dibala ikki gol urib hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda Xuan Kuadrado «Yuventus»ning uchinchi golini urdi, 92-daqiqada Dibala het-trikni rasmiylashtirdi - 4:2.

Italiya chempionati, 2-tur
Jyenoa – Yuventus 2:4 (2:2, 0:2)
Gollar: 1:0 – 1, avtogol Pyanich, 2:0 – 7, penalti Galabinov, 2:1 – 14 Dibala, 2:2 – 45, penalti Dibala, 2:3 – 62 Kuadrado, 2:4 – 90 Dibala.
Jyenoa – Perin, Biraski, Rossettini, Xentiletti, Lazovich, Bertolachchi, Velozu, Laksalt, Pandev (Lapadula, 78), Galabinov (Senturion, 72), Taarabt (Palladino, 51).
Yuventus – Buffon, Lixtshtayner (Bardzali, 74), Rugani, Kellini, Aleks Sandro, Xedira (Matyuidi, 58), Pyanich (Bentankur, 81), Kuadrado, Dibala, Mandjukich, Iguain.
Ogohlantirishlar: Lixtshtayner (7), Xentiletti (13), Biraski (17), Pyanich (18), Lazovich (45), Kuadrado (64), Laksalt (78).

Mavzuga oid
Top