15:00 / 27.08.2017
8943

Video: Ozarboyjonda qurol omborxonasida portlash ro‘y berdi

© Sputnik / Murad Orujov

Ozarboyjondagi harbiy qismlardan biridagi qurol va o‘q-dori saqlanadigan omborxonada portlash ro‘y berishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi. Bu haqda Ozarboyjon Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

«Ular shifoxonaga yotqizilgan. Ularda snaryad parchalaridan olingan jarohatlar bor», deyilgan vazirlik xabarida.

Hodisa yakshanba kuni tongida ro‘y bergan. Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, avvaliga yong‘in chiqqan, keyin portlashlar ro‘y bergan. Bir qancha snaryadlar Giyazi qishlog‘i atrofidagi hududlarga kelib tushgan.

Hodisa tufayli Bokudan Rossiyaga olib boruvchi magistral yo‘l yopib qo‘yilgan.

Mavzuga oid
Top