12:40 / 28.08.2017
9172

Amudaryoda ko‘mirdan briket tayyorlanmoqda

Foto: Kruz.uz

Amudaryo tumanida kuz-qish davrida aholi va byudjyet tashkilotlarining ko‘mir hamda undan tayyorlanadigan briketga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi Kruz.uz tuman hokimligining telegramdagi sahifasiga asosan.

Kuyukko‘pir ovulida tashkil etilgan ko‘mir kukunlaridan briket tayyorlashga ixtisoslashgan sexda hududning 8 nafar yoshlari ish bilan ta'minlangan. Korxonada Angren ko‘mir konidan keltirilayotgan xomashyodan kuniga 30 tonna atrofida sifatli briket mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 

Tsexda ishlab chiqarish jarayoni konveyer usulida joriy etilgan. Dastlab ko‘mir maxsus maydalovchi uskunadan o‘tadi. Yog‘och qipig‘i ko‘mir kukuniga aralashtirilib, navbatdagi moslamada zichlanadi. Keyin zarur kimyoviy komponentlar qo‘shilib, briket hosil qilinadi. Tayyor mahsulot esa maxsus quritish apparatiga jo‘natiladi.

 

Top