19:10 / 28.08.2017
10883

Boks, JCh–2017: Elnur Abduraimov ham chorak finalga yo‘l oldi

Foto: Kun.uz

Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo‘yicha Jahon chempionatining to‘rtinchi kuni boshlandi. 

Kecha o‘tkazilgan ikkinchi saralash bosqichida to‘rt nafar bokschimiz JCh chorak finaliga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 28 avgust — musobaqaning to‘rtinchi kunida ikkinchi saralash bosqichida yana 5 bokschimiz chorak finalga yo‘l olish uchun ringga ko‘tarilishadi. 

60 kg.gacha bo‘lgan vaznda ikkinchi saralash bosqichida armanistonlik Karen Tonakanyanni mag‘lubiyatga uchratgan Elnur Abduraimov ham chorak final yo‘llanmasini hal qildi. 

Bugun vakilarimiz ishtirokida bo‘lib o‘tadigan qolgan janglarning barchasini UzReport telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. (Toshkent vaqti bilan)

69 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 19:00
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Yevgeniy Barabanov (Ukraina)

91+ kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 20:15
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kem Larssen (Daniya)

52 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 22:00
Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Daniel Asenov (Bolgariya)

81 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 23:45
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Muslim Gajimagomedov (Rossiya)

Mavzu
Boks. JCh-2017

25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida Boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasiga start berildi. 25 avgustdan 2 sentabrgacha Hamburg shahri AIBA World Boxing Championship-2017 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi kamsonli mamlakatlar singari to‘liq tarkibda ishtirok etadi. 

Barchasi
Mavzuga oid
Top