18:14 / 28.08.2017
9164
«Borussiya» Dembelening o‘rnini darhol to‘ldirdi
Foto: Match.tv

Kiyevning «Dinamo» klubi yarim himoyachisi Andrey Yarmolenko Dortmundning «Borussiya» klubi safiga o‘tdi.

Ukrainalik 27 yoshli vinger nemis klubi bilan 2021 yil yoziga qadar amalda bo‘luvchi shartnomaga imzo chekkan.

Bundan avvalgi xabarlarda, «Borussiya» Yarmolenkoni 30 million yevro evaziga transfer qilayotgani haqida aytilgandi.

Ushbu futbolchi jamoada Kataloniyaga yo‘l olgan Usmon Dembele o‘rnini to‘ldirish uchun olib kelindi.

Yarmolenko «Dinamo» uchun 339 uchrashuv o‘tkazib, 137 gol urgan. U Ukraina terma jamoasida 69 o‘yinda maydonga tushgan va 29 gol urgan.

«Borussiya» matbuot xizmati
Top