10:42 / 28.08.2017
4023

Isroil bosh vaziri va Trampning kuyovi AQSh elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirish masalasini muhokama qilgan

Foto: timesofisrael.com

Isroil va AQSh Amerika elchixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirish masalasiga yana qaytdi.

Bu haqda The Times of Israel manbalarga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ushbu masala Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hamda AQSh prezidentining maslahatchisi Jared Kushner tomonidan muhokama etilgan. Bu Amerika yetakchisi Donald Tramp kuyovi Yaqin Sharq davlatiga amalga oshirgan tashrifi vaqtida yuz bergan.

Nashrning yozishicha, elchixonani ko‘chirish masalasi «har ikki tomondan ko‘tarilgan».

Avvalroq Tramp AQSh elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirish niyatida ekani tasdiqlangandi.

Mavzuga oid
Top