12:31 / 28.08.2017
9141

«PSJ» Mbappeni transfer qilishda moliyaviy feyr-pleyni chetlab o‘tish yo‘lini topdi

«Monako» hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini «PSJ»da davom ettirishi oydinlashmoqda.

L’Equipe nashri ma'lumotiga ko‘ra, klublar futbolchi ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, parijliklar klubi Mbappeni 1 yildan keyin 180 million yevroga sotib olish sharti bilan ijaraga oladi. Kelishuv qo‘shimcha bonuslarni ham nazarda tutadi.

Mbappe «PSJ» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo‘lgan. U yaqin vaqt ichida yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

Fransiya chempionatining 4-turi doirasida «Marsel»ga qarshi 27 iyun kuni Monakoda o‘tkazilgan o‘yinda monegaskliklar yirik hisobda g‘alaba qozondi (6:1), Kilian zaxirada qoldirildi.

Mavzuga oid
Top