20:07 / 28.08.2017
8557

Putin Budapeshtga keldi

Foto: RF prezidenti matbuot xizmati

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Vengriya bosh vaziri Viktor Orban taklifi bilan Budapeshtga keldi. U bu yerda dzyudo bo‘yicha 31-jahon chempionati ochilish marosimida ishtirok etadi

Putin jahon chempionati ochilish marosimida xalqaro dzyudo federatsiyasining faxriy prezidenti sifatida ishtirok etadi. 

Jahon chempionati Budapeshtdagi Laslo Pappa nomidagi arenada 28 avgustdan 3 sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada 130 dan ko‘proq davlatdan 800 ga yaqin sportchi ishtirok etadi.

Tashrif davomida Putinning Orban bilan muzokaralar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, Putin 11 yoshidan dzyudo va sambo bilan jiddiy shug‘ullana boshlagan. Bir-biriga yaqin bo‘lgan bu sport turlari bo‘yicha sport ustasi unvoniga ega. 2012 yilda unga dzyudo bo‘yicha sakkizinchi dan berilgan.   

Top