02:00 / 28.08.2017
8883

RFPL. "Ahmat" safarda TsSKAni yengdi, "Zenit"ga qarshi o‘yinda Shomurodov asosiy tarkibda o‘ynadi

Foto: Twitter/Zenit_spb

Rossiya chempionatining 8-tur o‘yinlari davom etmoqda. 

TsSKA o‘z maydonida "Ahmat"ni qabul qildi va kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. 

O‘yindagi yagona gol 45-daqiqada Sadayev tomonidan kiritildi. 

"Krasnodar" esa o‘z uyida "Dinamo" bilan kuch sinashib, Smolovning dubli evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Smolov dastlab 27-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada dubl qayd etdi. 

"Zenit" hamda "Rostov" o‘rtasida kechgan bahsda jamoalar darvozani ishg‘ol eta olmadi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 68-daqiqada zaxiraga olindi. 

TsSKA – Ahmat 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 45 Sadayev.
TsSKA – Akinfeyev, Vasin (Chalov, 63), Berezutskiy, Ignashevich, Fernandes, Golovin, Natxo, Vernblum, SHCHennikov, Vitino, Dzagoyev (Milanov, 80).
Ahmat – Gorodov, Filipe Sampayo, Anxel, Rodolfo, Utsiyev (Semenov, 82), Shvets, Mael, Moxammadi, Berisha (Mbeng, 76), Mitrishev, Sadayev (Ivanov, 67).
Ogohlantirishlar: Anxel (53), Gorodov (65), Utsiyev (78).

Krasnodar – Dinamo 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 27 Smolov, 2:0 – 60 Smolov.
Krasnodar – Sinitsyn, Petrov, Martynovich, Grankvist, Kabore, Shishkin, Podberezkin, Gazinskiy (Jigulev, 71), Pereyra (Laborde, 81), Smolov, Klasson (Vanderson, 63).
Dinamo – Shunin, Tsallagov, Shunich, Rykov, Terexov, Zotov (Tian, 67), Sou, Temnikov, Panchenko (Lutsenko, 79), Tashayev, Vanderson (Bechiray, 61).
Ogohlantirishlar: Kabore (40), Petrov (49), Rykov (60), Sou (63), Grankvist (71).

Zenit – Rostov 0:0 (0:0, 0:0)
Zenit – Lunev, Smolnikov, Ivanovich, Mammana, Krishito, Kuzyayev (Kranevitter, 90), Yeroxin, Paredes, Poloz (Shatov, 80), Noboa (Driussi, 55), Kokorin.
Rostov – Pesyakov, Parshivlyuk, Mevlya, Ingason, Vilyush, Ustinov, Kalachev (Bayramyan, 87), Yusupov, Mogilevets, Dumbiya (Mayer, 89), Shomurodov (Zuyev, 68).
Ogohlantirishlar: Poloz (78).

Mavzuga oid
Top