09:41 / 28.08.2017
12073

Shimoliy koreyaliklar Janubiy Koreyaga raketa sinovlari haqida varaqalar tashlashdi

Foto: AFP

Janubiy Koreya politsiyasi Shimoliy Koreya o‘z ballistik raketalarini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazgani aytilgan 20 mingdan ko‘proq varaqani aniqlaganini ma'lum qildi. Bu varaqalar poytaxt Seulda aniqlangan. Unda Shimoliy Koreyaning “Xvason-14” raketasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazilgani aytilgan. Bu haqda The Korea Herald nashri xabar bermoqda. 

Politsiyaning taxmin qilishicha, varaqalar havodan tashlangan. 

Varaqalarning bir qismi Shimoliy Koreya tomondan o‘tkazilgan oxirgi raketa sinovlaridan keyin, bir qismi esa undan oldin topilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 26 avgustda harbiy mashg‘ulotlar doirasida Yaponiya tomon yaqin masofalarga mo‘ljallangan uchta ballistik raketa uchirdi. Raketalar 250 km larcha uchib o‘tib, Yapon dengiziga tushgan.

Mavzuga oid
Top