19:39 / 28.08.2017
6766

Turizm qo‘mitasi raisi Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: uzbektourism.uz

27 avgust kuni Samarqand shahrida BMT Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Taleb Rifai Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi. Uchrashuv mobaynida turizm sohasi bilan bog‘liq bir qator masalalar muhokama qilindi, jahon mamlakatlari iqtisodiyotida sohaning tutgan o‘rni, aholi bandligini ta'minlashda va daromadlarini oshirishda sayyohlik xizmatlari ahamiyati va turlari haqida tomonlar konstruktiv fikr almashdilar.

Taleb Rifai O‘zbekiston hukumati, shaxsan davlat rahbarining sohaga qaratayotgan alohida e'tiboridan mamnun ekani va bu e'tibor ortidan mamlakat iqtisodiyoti, infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi farovonligi, yashash sharoitlarini yaxshilar, ota-bobolardan qolgan moddiy va ma'naviy merosni qadrlash va chet ellarga tanitish, mamlakat nomini ulug‘lash kabi ko‘plab ezgu natijalarga erishish yotganligini sezib turganligini aytdi.

Samimiy davom etgan muloqot mobaynida A.Abduhakimov o‘z navbatida Butunjahon turizm tashkiloti bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda sohada zarur mutaxassislarni yurtimizga jalb qilishda, targ‘ibot kampaniyalarini birgalikda tashkil etishga hamda jahonning turizm sohasida yetakchi mamlakatlari tajribasini yurtimiz sharoitiga tadbiq qilish, buning uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kabi ko‘plab takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Top