17:35 / 28.08.2017
4745

O‘zdavdoninspeksiya davlat resursidagi donning saqlanishini ta'minlaydi

Foto: Fotolia

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 612-son qarori bilan  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
O‘zdavdoninspeksiya – davlat resursidagi don, moyli ekinlar, ularning urug‘lari, shuningdek un, yorma, kepak, qo‘shimcha mahsulotlar, chiqindilar, omuxta ozuqalarning sifati, saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishi yuzasidan davlat nazorati sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi
  
O‘zdavdoninspeksiya, uning markaziy laboratoriyasi va hududiy laboratoriyalari, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy inspeksiyalari yagona tizimni hosil qiladi.
 
Organ o‘z vakolatlari doirasida davlat resursidagi don va donni qayta ishlash mahsulotlari saqlanishi, ulardan oqilona va maqsadli foydalanilishi, shuningdek ularning ifloslanishi, kamayishi va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni ta'minlashda aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar va xulosalar berishga haqli. Hujjatlarning bajarilishi majburiydir.
 
«O‘zdavdoninspeksiya»ning boshlig‘i endi Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi (ilgari – Prezident tomonidan).
 
O‘zdavdoninspeksiyaning pochta manzili: Toshkent shahri, Markaz 14, 27-uy.

Top