08:08 / 29.08.2017
16217
Bektemir Meliqo‘ziyev boks bo‘yicha JCh-2017 chorak finalida
Foto: Facebook

Rio-2016 kumush medali sovrindori, Osiyo chempioni, 81 kggacha bo‘lgan vazn toifasida ringga ko‘tariluvchi Bektemir Meliqo‘ziyev rossiyalik Muslim Gajimagomedov ustidan 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Shu bilan u Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining chorak finaliga yo‘llanma oldi.

Bektemir bugun 29 avgust kuni qolgan jamoadoshlari singari chorak final bahslarini o‘tkazadi. Qozog‘istonlik Yerik Aljanov uning raqibi bo‘ladi. 

Mavzu
Boks. JCh-2017

25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida Boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasiga start berildi. 25 avgustdan 2 sentyabrgacha Hamburg shahri AIBA World Boxing Championship-2017 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi kamsonli mamlakatlar singari to‘liq tarkibda ishtirok etadi. 

Barchasi
Top