17:35 / 29.08.2017
7492

KXDR raketasi tufayli jahon birjalaridagi indekslar pasaymoqda

Foto: AP

Shimoliy Koreya Yaponiya tomoniga raketa uchirgani fonida jahon birjalaridagi indekslar pasaymoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, savdolar ishtirokchilari Pxenyan va Vashington o‘rtasida keskinlik yanada avj olganidan tashvishda.

Shu bilan birga, indekslarning pasayishi Osiyo bozorlaridan Yevropaga ham ko‘chgan.

STOXX umumevropa indeksi 1,7 foizga tushib ketib, olti oydagi eng past darajaga yetgan. Yaponiyaning Nikkei’si to‘rt oylik minimumni qayd etgan bo‘lsa, Koreyaning Kospi’sining yo‘qotishlari 1,6 foizga teng bo‘lgan.

«Shimoliy Koreya bilan mojaroning keskinlashishi jiddiy tashvishga sabab bo‘ldi», - dedi JCI Capital Limited aktivlarining boshqaruvi rahbari Alessandro Balsotti.

Bundan tashqari, jahon fond bozoridagi vaziyatni aks ettiruvchi MSCI indeksi taxminan 0,2 foizga tushib ketdi, biroq besh haftalik minimumdan yuqori darajada qolgan.

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Xitoy va Rossiya KXDRga bosimni kuchaytirishi kerakligi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top