11:58 / 29.08.2017
5338

Kobuldagi AQSh elchixonasi yonida portlash yuz berdi

Foto: Reuters

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida AQSh elchixonasidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda portlash yuz berdi, deb xabar bermoqda Reyter agentligi politsiyaga asosan.

Afg‘oniston IIV vakili Najib Donishning so‘zlariga ko‘ra, portlash Kabul Bank banki bo‘linmasiga kiraverishda yuz bergan. Amerika diplomatik missiyasi ham shu tumanda joylashgan.

Tolo News telekanali ma'lumotiga ko‘ra, portlashni xudkush terrorchilar amalga oshirgan.

Hozircha jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Top