11:23 / 29.08.2017
4015

Rossiya va Saudiya Arabistoni OPeK bilan kelishuvni uzaytirmoqchi

Foto: Reuters

Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvni uzaytirish tarafdori. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, mamlakatlar kelishuvni yana uch oyga – keyingi yilning iyuniga qadar uzaytirish niyatida.

Nashrning xabar berishicha, bu mavzu Rossiya va Saudiya Arabistoni energetika vazirlari Aleksandr Novak hamda Halid al-Folixning Sankt-Peterburgda iyul oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida muhokama qilingan.

Avvalroq OPeK+ davlatlari neft bo‘yicha kelishuvni 94 foizga bajargani xabar qilingandi.

Top