23:02 / 29.08.2017
22902

Samsung Galaxy Note 8 smartfoni ekrani dunyoda tengsiz deb topildi

Galaxy Note 8 smartfoni 6,3-dyuymli, old panelni deyarli to‘liq egallovchi OLED-ekranga ega bo‘ldi. Uning displeyi Galaxy S8 smartfonining 5,8 dyuymli ekraniga qaraganda 20 foizga katta va 22 foizga yorqinroqdir. Galaxy Note 8'ning eng yorqin ekran ko‘rsatkichi 1200 nit'dan ortiqni tashkil qiladi; boshqa hech bir smartfon bunday yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon qila olmaydi. DisplayMate'da ta'kidlanishicha, Galaxy Note 8 "qachonlardir sayt tarixida sinovdan o‘tkazilgan eng innovatsion va yuqori samarali ekran"ga ega. 

Foto: hi-tech.mail.ru

Samsung Galaxy Note 8 ekrani 2960x1440 pikselli 3K kontentni qo‘llab-quvvatlaydi, tomonlar nisbati - 18,5: 9 = 2,05. Zamonaviy smartfonlarning aksariyati esa 1,78 tomonlar nisbatini taklif qiladi. U 100 foizli DCI-P3c ranglar gammasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa asosan 4K televizorlarida qo‘llaniladi. Quyida qurilmaning barcha rakurslardan suratlari havola qilinadi:

Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru

Bundan tashqari, qurilma ekrani UHD Alliance va Mobile HDR Premium sertifikatsiyasini olgan va 4K UHD Premium televizorlar uchun yaratilgan eng yangi kontentni qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran Gorilla Glass 5 bilan himoyalangan va Always-on funksiyasi bilan taqdim etiladi. Tez orada qurilma Rossiyada sotuvga chiqadi. 

Galaxy Note 8 ekrani rang tasvirni aniq yetkazib berish, takomillashgan burchak tavsiri, avtomatik yorug‘lik boshqaruvi va ishlash rejimi borasida Galaxy S8'ga nisbatan qator ustunliklarga ega. Shuningdek Galaxy Note 8'ning old va orqa tomonlarida avtomatik yorug‘likni nazorat qilish uchun datchiklar o‘rnatilgan.

Mavzuga oid
Top