17:12 / 29.08.2017
18181

“Suzuk ota” jome' masjidining birinchi g‘ishti qo‘yildi 

Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi

Shavkat Mirziyoyev 26 may kuni poytaxtning Shayxontohur tumanidagi «Suzuk ota» maqbarasi va jome' masjidida bo‘lganida mutasaddilarga maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergandi. 

Kecha Shayxontohur tumanidagi “Suzuk ota” jome masjidining birinchi g‘ishti qo‘yildi. Bu istiqlolning 26 yillik bayrami arafasida xalqimizga ajoyib tuhfa bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy sayti.

Suzuk otaning asl ismi Mustafoqul bo‘lib, 1140 yilda tavallud topgan. U Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Hushtojning kenja o‘g‘li bo‘lgan. Bolalik chog‘ida bobosi u kishini erkalab «Mening suzigim (suyukligim), xush keldingiz!», degani bois atrofdagilar ham uni shu ism bilan chaqira boshlagan. Suzuk ota yuzlab shogirdlarga ilm berib, hunarga, halol mehnatga o‘rgatgan. 1363-1364 yillarda Amir Temur Yassaviyning nabirasi Suzuk ota qabri ustida maqbara va masjid bunyod ettirgan. 

Top