19:23 / 29.08.2017
4874

Tim Kuk Apple'dan 89 million dollarlik mukofot puli oldi

Foto:AP

Apple korporatsiyasining bosh direktori Tim Kuk 560 ming Apple aksiyasi ko‘rinishidagi mukofotga ega bo‘ldi, bularning yarmi kompaniya ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Bloomberg shu haqida xabar berdi. 

Agentlikning ta'kidlashicha, aksiyalarning bu hajmi Apple rahbarlari kompensatsiyalari dasturi doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi. Kuk olgan aksiyalar narxi o‘sha paytda savdolar yopilishi paytidagi qog‘ozlarning narxidan kelib chiqib, taxminan 89,2 million dollarni tashkil qilgan. 

Kuk korporatsiya ko‘rsatkichlariga bog‘liq qog‘ozlarni oldi, zero so‘nggi uch yilda Apple aktivlari Standard & Poors'ning  top-500 ro‘yxatidagi kompaniyalarning uchdan ikki qismiga qaraganda ishonchli o‘sishni ko‘rsatgan.

Tim Kuk 2011 yildan, ya'ni Apple bosh direktori lavozimini egallagan vaqtdan boshlab har yili mukofot oladi.

Top