AQSh prezidenti Donald Tramp «Harvi» dovulidan ziyon ko‘rgan Texas shtatiga jo‘nab ketayotgani haqida ma'lum qildi.
«Texasga jo‘nab ketmoqdaman!» - deya yozgan Tramp Twitter’dagi o‘z sahifasida.
Leaving now for Texas!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) August 29, 2017
Avvalroq Tramp «Harvi» dovuli sababli Texas shtatida favqulodda tabiiy ofat tartibini joriy qilgandi.
Shuningdek, OAV «Harvi» tufayli 6 kishidan iborat oila halok bo‘lgani haqida xabar berdi.