13:01 / 29.08.2017
4372

«Hyuston» klubi «Harvi»dan jabrlanganlarga 4 mln dollar xayriya qildi

Amerika Milliy basketbol assotsiatsiyasi klubi «Hyuston Rokets» «Harvi» dovulidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish jamg‘armasiga 4 mln dollar mablag‘ni o‘tkazib berdi.

Bu haqda jamoaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Klub matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, ular vayronagarchiliklar hamda o‘zlarining do‘stlari va yaqinlari duch kelishga majbur bo‘layotgan muammolarni ko‘rishdan aziyat chekmoqda, hamda shaharga yordam ko‘rsatishni istashmoqda.

Avvalroq “Harvi” chorshanba kuni Kanadaga yetib borishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top