13:21 / 30.08.2017
4334

Yaman janubida toshqinlar 14 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: Anadolu

Yaman janubida kuchli yomg‘irlar tufayli yuz bergan toshqinlar oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Anadolu» agentligi mahalliy manbalarga asosan.

Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Mintaqa infratuzilmasiga jiddiy zarar yetgan.

Bundan tashqari, Mukatar-Aden yo‘lining bir qismi ham toshqin tufayli transport harakati uchun yopib qo‘yildi.

Avvalroq olimlar Yamandagi vabo epidemiyasida Saudiya Arabistonini ayblashgandi.

Top