15:10 / 30.08.2017
5047

Yangi avlod Renault Duster'i namoyish etildi

Foto: Dacia
Foto: Dacia

Ruminiyaning Dacia kompaniyasi ikkinchi avlod Duster'ini namoyish etdi. Bu avtomobil Rossiyada Renault brendi ostida sotiladi, zero u fransuz markasining Moskvadagi zavodida ishlab chiqariladi va krossoverlar toifasida faqat Hyundai Creta'ga yo‘l berib, mashhurligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. RIA "Novosti"da shu haqida xabar berildi. 

Yangi Renault Duster mashinasi kunduzgi LED-chiroqlar, old qanotlarida qora plastik qoplama, yangi reylinglar, yanada bo‘rttirma kapot, to‘rt seksiyaga ajratilgan orqa LED-chiroqlar va krossoverning qimmat to‘plamlarida taqdim etiladigan 17 dyuymli yengil qotishmali disklar bilan ta'minlangan. 

Foto: Dacia

Yangi krossoverning old oynasi birinchi avlod Duster'iga nisbatan 100 millimetr oldinga surilgan, bu esa salonni uzaytirish imkonini bergan. Bunday qaror kabinani yo‘lovchilar uchun kengroq qiladi, mashinaning yukxonasi esa - yanada ko‘proq narsani sig‘dira oladi.  

Krossoverning texnik xususiyatlari haqida batafsil 2017 yilning 12 sentabrida Frankfurtda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro avtosalonda bilib olish mumkin. 

Foto: Dacia
Top