15:57 / 30.08.2017
7068

Yangiyo‘lda favvoralar va attraksionlar shaharchasi ochildi

Foto: Sherzod Ikramutdinov

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 30 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. U shahardagi yagona bog‘ bo‘lib, endilikda umuman o‘zgacha ko‘rinish kasb etdi.

"Bizning oilada 8 farzand bor. Bunga qadar bog‘larga kirish uchun Toshkent shahriga borardik. Yo‘l 30 kilometrni tashkil etadi. Endilikda, ona shahrimizda barcha zamonaviy attraksionlar bilan jihozlangan katta bog‘imiz bor. Keksa avlod vakillari ham favvoralarga boy bog‘ning soya-salqin qismida yozning issiq kunlarida hordiq chiqarishlari mumkin", - deydi shaharda istiqomat qiluvchi Gulmira Po‘latova.

Foto: Sherzod Ikramutdinov

3,2 gektarlik maydonga ega bog‘ hududi – faol hordiq chiqarish, madaniy dam olish ishqibozlari uchun haqiqiy sovg‘adir. Yoshlar esa qator zamonaviy attraksionlarga tushishlari mumkin. 

Foto: Sherzod Ikramutdinov

Bog‘ direktori Jahongir Alimovning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydan 20dan ortiq attraksionlar olib kelinib, o‘rnatilgan. Bog‘ hududi ham obodonlashtirilgan. Mevali va dekorativ daraxtlar o‘tqazildi. Turli shirinliklar bilan to‘la bir necha kafe ish boshladi. 

Foto: Sherzod Ikramutdinov
Foto: Sherzod Ikramutdinov
Top