22:13 / 30.08.2017
7605

“Angren” EIZda keramogranit va keramik plitkalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Foto:uzdaily.uz

30 avgustda “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida glazurlangan keramogranit va keramik plitkalar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi majmua ishga tushirildi. 

National Ceramics deb nom olgan bu qo‘shma korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 4,5 mln kvadrat metr mahsulot: 2 mln kvadrat metr keramogranit va 2,5 mln kvadrat metr keramik plitkani tashkil qiladi. 

Korxona sobiq “Rezinotexnika” OAJ hududida yaratilgan. Korxonada Italiyaning Sacmi Imola S.C. kompaniyasining zamonaviy texnologik liniyasi o‘rnatilgan. 

Loyiha qiymati 21,1 mln dollarni tashkil qiladi. Ushbu qiymatdan 20,9 mln dollari Xitoyning Gulf Cable Trading kompaniyasi tomondan sarmoya qilingan.

Mavzuga oid
Top