12:45 / 30.08.2017
9717

«Arsenal» futbolchilari Sanches ketishini istashmoqda

Foto: VVS

«Arsenal» futbolchilari «Manchester Siti» sotib olmoqchi bo‘layotgan Aleksis Sanches klubdan ketishini istashmoqda.

The Telegraph xabariga ko‘ra, londonliklar klubi futbolchilari «Liverpul»ga qarshi kechgan va 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yin vaqtida u jamoaga yordam berishni istamayotganini sezishgan. Chililik bu 28 yoshli futbolchini Arsen Venger o‘yinning 62 daqiqasida almashtirib yuborgandi.

Klub futbolchilari Sanches jamoada qolishi «Arsenal»ga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, degan fikrda.

Bundan avvalroq «Arsenal» «Manchester Siti»ning Sanches uchun 50 million funtlik taklifini rad etgani haqida xabar berilgandi.

Chililik bu futbolchi «Arsenal» safida 2014 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 51 uchrashuvda maydonga tushdi va 30 gol urdi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi muddati 2017/18 yilgi mavsum so‘ngiga qadar.

Top