16:12 / 30.08.2017
8521

Namanganda bayram arafasida qator inshootlar qurib bitkazilmoqda

Namangan shahrida mustaqillikning 26 yilligi bayrami arafasida qator inshootlar qurib bitkazilmoqda. Bu haqda Namangan shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, shaharning Uychi ko‘chasida 45 ta ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 16 tasida qurilish ishlari boshlab yuborildi, shuningdek, Namangan shahrining 1-kichik tuman Otchopar ko‘chasida arzonlashtirilgan 42 xonadonli 5 ta ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda. Bundan tashqari, shaharning 5A-kichik tumanida esa 3 ta arzonlashtirilgan turar joy binosi qurilishi ham aholi uchun quvonarlidir. Kelgusi yilda Namangan shahrida bunday uylardan yana 18 tasini qurish rejalashtirilmoqda.

Foto:  namangan.uz

Albatta, bugungi kunda aholini uy-joy bilan tahminlash masalasi eng dolzarb bo‘lgani uchun Namangan shahrida ham ko‘p qavatli uylarni qurishga alohida ehtibor qaratilmoqda. Shaharning Islom Karimov va A.Irmatov ko‘chalari kesishgan joyda qurib bitkazilgan 5 qavatli turar–joy binosi ham ana shu reja asosida bunyod etildi. Binoni qurib foydalanishga topshirilishi uchun «Istiqlol minorasi» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 11 mlrd 500 million so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi.

Foto:  namangan.uz

«Zamin dizayn» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tayyorlangan zamonaviy loyiha asosida qurilgan 3 blokli binoda xonadonlardan tashqari, uning oldi qismida savdo va maishiy xizmat shoxobchalari ham o‘rin olgan. Bino ko‘rkam va chiroyli bo‘lishi bilan birga, barcha qulayliklarga ham ega. Har bir xonadonni isitish tizimi alohida-alohidadir. Shuningdek, ko‘pqavatli uyning birinchi blokida lift xizmati ham mavjud. Bolalar uchun alohida o‘ynaydigan maydoncha ham bor. Bugun ushbu binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan 50 ta oila yangi uylarga ko‘chib o‘tishadi.

Foto:  namangan.uz

Tantanali ochilish marosimida Namangan shahar hokim Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.

Top