15:00 / 30.08.2017
28670

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi sanasi aniq bo‘ldi

Foto: Sputnik

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 sentabr kuni Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston Hukumat devoni matbuot xizmatiga xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, 30 avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov bilan telefon orqali muloqot qilgan va bu muloqot davomida bo‘lajak tashrif masalasi muhokama qilingan. Qayd etilishicha, bu muloqot o‘zbek tomoni tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Shuningdek, muloqot chog‘ida Abdulla Aripov Sapar Isakovni hukumat rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, unga muvaffaqiyatlar tilagan.

Bundan tashqari, tomonlar savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish hamda chegara masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashishgan.

Ma'lumot uchun, bu O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga ilk marta borishi bo‘ladi. Bu tashrif haqida o‘tgan oyda Abdulla Aripovning Qirg‘izistonga tashrifi vaqtida kelishib olingandi.

Keyingi oyda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev ham O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top