18:49 / 30.08.2017
7918

Tramp: quruq gaplar KXDR muammosini hal etishda yordam bermaydi

Foto: Kevin Lamarque

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, KXDR muammosini faqatgina quruq gaplar bilan hal qilish imkonsiz.

«AQSh 25 yil davomida Shimoliy Koreya bilan gaplashib, ularga pul to‘lab kelgan. Quruq gaplar – bu yechim emas!» - deya yozgan Oq uy rahbari Twitter’da. Shu bilan birga, u qanday pullarni nazarda tutganiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq Oq uy KXDR bo‘yicha barcha variantlar ko‘rib chiqilayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top