10:17 / 31.08.2017
11572

AP: AQShda 1 mln dollarlik qurol-aslahalarni Rossiya va Xitoyga sotganlar sud qilinmoqda

Illyustrativ foto

1 mln dollarlik qurol va aslahalar Amerikaning Kentukki shtatidagi Fort-Kempbell bazasidan o‘g‘irlangan va internet orqali Rossiya, Xitoy, Meksika va boshqa mamlakatlardagi xaridorlarga sotilgan. Bu haqda AP agentligi xabar qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 6 nafar amerikalik harbiy xizmatchi va bir fuqaro jazoning yumshatilishi evaziga ayblariga iqror bo‘lishgan. Xususan, klarksvillik (Tennessi shtati) Jon Roberts elektron firibgarlik, AQSh qurolli kuchlar mulkini o‘g‘irlash va sotish maqsadida til biriktirish, qurollar eksportini nazorat qilishga doir qonunni buzishda ayblanmoqda. Gap pulemyotlar va miltiqlar qismlari, bosh kiyimlar, o‘q o‘tkazmaydigan nimchalar, optik nishonga olish moslamalari, ko‘chma akkumulyatorlar, tibbiy uskunalar haqida bormoqda. 

Roberts gumashtalari bilan sud ixtiyoriga topshirilgan. Ularning ishini Neshvill sudi ko‘rib chiqmoqda. 

Mavzuga oid
Top