09:26 / 31.08.2017
13949

Yoshlar press klubida jonli efirga munosabat bildirildi

Foto: Yoshlar press klubi

Yoshlar press klubi kelgusida jonli efirga chiqadi. Bu haqida "Yoshlar" teleradiokanali rahbari Madamin Safarov Yoshlar press klubi taqdimotida ma'lum qildi. Tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi. 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar press klubi taqdimoti jonli efirga uzatilmagan bo‘lsa-da, uning kelgusi ko‘rsatuvlari jonli efirga chiqishi ma'lum qilindi. 

Foto: KUN.UZ

"Demokratiya bo‘g‘ilyapti, jonli efir bo‘lmas ekan" degan gaplar asossiz! Biz yangi davrdamiz. OAV erkinligi - ochiq, demokratik jamiyatning shartlaridan biri", - dedi "Yoshlar" teleradiokanali rahbari. 

Tadbirda Press klubning taqdimot soni texnik imkoniyatlar sinovdan o‘tkazilayotgani sabab jonli efirga chiqmagani, kelgusi safar jonli muloqot o‘rnatilishi ta'kidlandi. 

Ta'kidlanishicha, Yoshlar press klubi har qanday mavzuni muhokama qilishga tayyor. Buning uchun O‘zbekistonning bilimli, tashabbuskor yoshlari o‘z takliflarini bildirishsa bas. 

Top