09:39 / 31.08.2017
11363

IFA 2017: Acer eng kuchli o‘yin kompyuteri va boshqa yangi qurilmalarni taqdim etdi

Berlindagi Xalqaro maishiy elektronika ko‘rgazmasidagi (IFA 2017) ilk taqdimot Acer kompaniyasi mahsulotlariga bag‘ishlandi. Ishlab chiqaruvchi bir necha portativ qurilma, shuningdek, tarixdagi o‘zining eng kuchli o‘yin kompyuterini taqdim etdi.

Chrome OS’dagi Acer Chromebook 15 

Yangi Acer Chromebook 15 alyuminiyli korpus, 15,6 dyuymli Full HD IPS ekran (sensorli va oddiysi bo‘ladi), yaxshi batareya hamda chiroqli klaviaturadan iborat. Qurilma bitta quvvatlantirish bilan 12 soat ishlashi mumkin. Bundan tashqari, unda ventilyatorlar yo‘q. HD-kenglikka ega veb-kamera 88 darajali ko‘rish burchagiga ega.

Foto: hi-tech.mail.ru

Acer Chromebook 15 qatori ikki yadroli Intel Celeron protsessorlari yoki to‘rt yadroli Intel Pentium protsessorlari hamda eMMC ichki xotiraning 32 GB yoki 64 GB.lik variantlari, shuningdek, 4 GB yoki 8 GB.lik operativ xotiraga ega bo‘ladi. Chromebook 15 og‘irligi 1,72 kg.ni tashkil qiladi. Yangi Chromebook 15 oktabrda chiqadi va 499 yevrodan boshlab sotiladi.

Windows 10’dagi Acer Swift 5, Spin 5 va Switch 7 Black Edition ultrabuklari

Foto: hi-tech.mail.ru

•  Swift 5 1 kg.dan yengilroq, bunga noutbukning boshqa qismlarida ishlatilgan o‘ta yengil magniyli-litiyli ustki va pastki qotishma tufayli erishilgan. Qurilma bir quvvatlantirish bilan 8 soat ishlashi mumkin. Eng yengil 14 dyuymli noutbuk.

Foto: hi-tech.mail.ru

•  Spin 5 13 va 15 dyuymli modifikatsiyada chiqariladi hamda 16 GB.gacha bo‘lgan DDR4 operativ xotiraga ega bo‘ladi. U 13 soat to‘xtovsiz ishlashi mumkin va NVIDIA GeForce GTX 1050 diskretli grafikaga ega. Transformer Dolby Audio’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: hi-tech.mail.ru

•  Switch 7 Black Edition — bu dunyodagi birinchi ventilyatorsiz diskretli grafikaga ega noutbukdir. Qurilma 8-avloddagi Intel Core i7 protsessori va NVIDIA GeForc MX150 grafikasiga ega. Shu bilan birga, gadjyetning og‘irligi ajratib qo‘yilgan klaviatura holatida 1,15 kg keladi. Bundan tashqari, 13,5 dyuymli 2256x1504 kenglikka ega IPS-displeydan Wacom EMR stilusi yordamida foydalanish mumkin. 

Barcha qurilmalar sakkizinchi avloddagi Intel Core protsessorlari, Windows Hello’ni qo‘llab-quvvatlovchi xavfsiz biometrik indentifikatsiya texnologiyasi bilan jihozlandi.

Acer Switch 7 Yevropada dekabr oyida 1999 yevrodan sotuvga chiqsa, Acer Swift 5 — 1099 yevro, Acer Spin 5’ning 13 dyuymli modeli 899 yevro va 15 dyuymlisi 999 yevro turadi.

Acer Predator Orion 9000

Foto: hi-tech.mail.ru

Shuningdek, kompaniya 35 dyuymli HDR-monitor va 18 yadroli Intel Core i9 Extreme Edition protsessorlariga ega eng yangi o‘yin kompyuterini ham taqdim etdi. Bukilgan Acer Predator X35 monitori NVIDIA G-SYNC va Acer HDR Ultra’ni qo‘llab-quvvatlaydi, yangilanish chastotasi 200 Gts va kengligi 3440x1440’ga (WQHD) tengdir.

Acer 4 ta Radeon RX Vega (PCIe x16 4 ta sloti) kartasiga qadar bo‘lgan tizimli qo‘llab-quvvatlov yoki ikkita NVIDIA GeForce GTX 1080Ti kartasini SLI rejimida, jumladan, virtual reallik vazifalari uchun foydalanish imkoni bilan ta'minladi. Fazoviy kemaga o‘xshash bo‘lgan korpus qora va kumush rangga ega bo‘lib, old panelning chetlarida sozlash mumkin bo‘lgan RGB-yoritgichi bor.

Foto: hi-tech.mail.ru

Tizimga suyuq sovutish va Acer’dan IceTunnel 2.0’ni o‘rnatish mumkin. IceTunnel 2.0 – bu havo oqimini boshqarish uchun takomillashtirilgan yechim bo‘lib, u tizimni bir necha issiqlik zonalari ajratadi. Ularning har biri esa havo oqimlari uchun alohida tunnelga ega.

Windows 10’da ishlovchi yangi qurilma Yevropada noyabr oyida 1999 yevro narxi bilan sotuvga chiqadi. Predator X35 displeyi 2018 yilning birinchi choragida taqdim etiladi.

Acer Aspire S24

Bundan tashqari, Acer Aspire seriyasini yangi 23,8 dyuymli Aspire S24 all-in-one kompyuteri bilan to‘ldirdi. Ishlab chiqaruvchining bayonotiga ko‘ra, yangi universal kompyuter dunyodagi eng ingichkasi hisoblanadi – u faqatgina 5,97 mm.lik o‘lchamga ega. 

Foto: hi-tech.mail.ru

Qurilma 8-avloddagi Intel Optane opsional xotiraga ega Intel Core protsessorlariga ega. Monoblokka hajmi 256 GB.ga qadar bo‘lgan SSD tashish qurilmasi yoki 2 TB.lik qattiq disk o‘rnatiladi.

Foto: hi-tech.mail.ru

Acer Aspire S24 2017 yilning noyabrida 999 yevrodan sotuvga chiqadi.

Top