15:52 / 31.08.2017
16528

Kun videosi: Messi qo‘riqchilar qarshiligiga uchragan bolakayni qo‘yib yuborishni talab qildi

Argentina terma jamoasi bilan Urugvayga qarshi o‘yin uchun Montevideoga yetib kelgan Lionel Messi yana bir bor insoniylik ko‘rsatdi. U o‘z muxlisi bilan birga suratga tushgan.

Avvaliga qo‘riqchilar muxlis bolakayni to‘xtatishgan va ortiga qaytarishgan, ammo bir guruh kishilar o‘rtasida ketayotgan Messi buni ko‘rib qolgan va yonidagi kishilardan bolani olib kelishni so‘ragan. Natijada qo‘riqchilar bolani o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishdi. Yakunda Messi bolakayni quchoqlab, u bilan birga suratlar tushgan.

JCh-2018 saralashi doirasida Urugvay va Argentina o‘rtasidagi bahs 1 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Top